Kirish Ro'yxatdan o'tish

Djessi Marsh Kanada terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi

Djessi Marsh Kanada terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Shimoliy Amerika jamoasi bilan amaldagi kelishuvini 2030 yilga qadar uzaytirdi.

«Birinchi kundanoq men bu jamoa, bu mamlakat va uning rivojlanish yo‘nalishi bilan chuqur bog‘liqlikni his qildim. Ishonamanki, ushbu avlod futbolchilari bilan Kanada ulkan salohiyatga ega va men butun mamlakat bo‘ylab futbol rivojlanishini intiqlik bilan kutyapman. Uzoq muddatli majburiyatni zimmamga olganimdan, ushbu dasturni yillar davomida kengaytirishga yordam berishimdan va jamoani eng yuqori darajaga olib chiqishda davom etishimdan xursandman», — deya Marshning so‘zlarini keltirmoqda Kanada futbol assosiasiyasi rasmiy sayti.

Jessi Marsh 2024 yildan beri Kanada terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Kanada Jahon chempionatining «B» guruhida Bosniya va Gersegovina, Qatar hamda Shveysariya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Marsh avvalroq Germaniyaning «RB Leypsig» va Angliyaning «Lids Yunayted» klublarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 16:00, 28.05.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик