Opta tahliliy portali Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani shakllantirdi.
Opta Analyst talqini bo‘yicha APL mavsum terma jamoasi:
-
Darvozabon: David Rayya («Arsenal»);
-
Himoyachilar: Adriyen Tryuffer («Bornmut»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Vilyam Saliba («Arsenal»);
-
Yarim himoyachilar: Mateus Nunyes («Manchester Siti»), Deklan Rays («Arsenal»), Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Dominik Soboslai («Liverpul»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»);
-
Hujumchilar: Rayan Sherki («Manchester Siti»), Erling Xoland («Manchester Siti»).
Eslatib o‘tamiz, Londonning «Arsenal» klubi 38 o‘yinda 85 ochko jamg‘argan holda Angliya chempioniga aylandi.













