Argentina terma jamoasi va «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares o‘zining kelajagi borasida fikr bildirib, «Barselona» safiga qo‘shilish uning asosiy orzusi ekanini ma’lum qildi.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga kelishida Lionel Messining maslahatlari muhim rol o‘ynagan.
«Men Messi bilan o‘z karyeramni muhokama qildim, u menga «Barselona»ga qo‘shilish katta qadam bo‘lishini aytdi. O‘shandan beri «Barsa» uchun o‘ynash mening orzumga aylandi. Kelishuv ma’lum vaqt talab qilsa ham, men buni kutishga tayyorman», — deydi Alvares TyC Sport bilan suhbatda.













