Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Peter Shmeyxel o‘g‘lidan faxrlanishini aytdi

Peter Shmeyxel o‘g‘lidan faxrlanishini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel o‘g‘li Kasper Shmeyxelning futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hech narsa abadiy emas, afsuski, Kasper uchun futbol bilan xayrlashish vaqti keldi. Unda jarohat bor, bu esa uning o‘z xohishi emas, balki taqdir ekanini anglatadi, lekin ba’zida futbol shunaqa. Men uning erishgan barcha yutuqlaridan, eng muhimi esa u qanday inson bo‘lib yetishganidan faxrlanaman», — dedi Peter ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylagan videoda.

39 yoshli daniyalik darvozabonning oxirgi klubi «Seltik» bo‘ldi. Ushbu jamoa tarkibida u ikki marta Shotlandiya chempioni bo‘ldi va Shotlandiya kubogini qo‘lga kiritdi. Faoliyati davomida u, shuningdek, «Darlington», «Beri», «Falkirk», «Manchester Siti», «Kardiff», «Koventri», «Notts Kaunti», «Lids», «Lester», «Nissa» va «Anderlext» klublari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 07:37, 29.05.2026.
O'qildi: 322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик