«Sharlott» «Lans» hujumchisi Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma imzolash bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi «RMC». Tomonlar kelishuvga erishish arafasida turibdi.
29 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetadi, shu sababli u Amerika klubiga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.
Sen-Maksimen o‘z faoliyati davomida «Nyukasl Yunayted», «Sent-Etyen», «Gannover», «Bastiya», «Nissa», «Al-Ahli», «Fenerbaxche» va «Amerika» klublari safida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, qishda Sen-Maksimen «Amerika» bilan shartnomasini bekor qilib, Meksikadan «Lans»ga ko‘chib o‘tgan edi. U Fransiya klubi safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













