«Milan» klubini Mattias Yayssle boshqarishi mumkin.
«La Gazzetta dello Sport» nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati Ralf Rangnikni sport direktori lavozimiga tayinlamoqchi, u o‘z navbatida «Al-Ahli»da faoliyat yuritayotgan 38 yoshli hamyurti Mattias Yayssleni bosh murabbiy sifatida olib kelishga harakat qiladi.
Yaysslening Saudiya Arabistoni klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Mattias «rossonerilar» safiga qo‘shilishdan manfaatdor, biroq «Milan» murabbiyni olib kelish uchun «Al-Ahli»ga tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.













