«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoadan ketganidan keyin ham Italiyada qolishi mumkin. Serbiyalik futbolchining shartnomasi bir oydan so‘ng yakuniga yetadi – tomonlar haligacha uni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Napoli» klubi qiziqish bildirmoqda. Neapolliklar vakillari «keksa sinyora» forvardi bo‘yicha allaqachon rasmiy so‘rov yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» A Seriyada 6-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga chiqa olmadi, «Napoli» esa mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Dushan Vlaxovich o‘tgan mavsumda Turin jamoasi safida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













