Italiyalik sobiq yarim himoyachi Andrea Pirlo Italiya futbol rahbariyatining muvaffaqiyatsizliklarga nisbatan yetarlicha reaksiya bildirmayotganidan xavotirda. Pirlo bu omadsizliklar rahbariyatni chora ko‘rishga undashini kutgandi, ammo bu hali ham sodir bo‘lmadi.
«Zudlik bilan islohotlar kerak. Biz allaqachon uch marta jahon chempionatidan quruq qoldik – va hech qanday chora ko‘rilmayapti. Bu normal holat emas, Italiya futbol olamidagi o‘z obro‘sini yo‘qotmoqda», – deya Pirloning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan, biroq ketma-ket uchta Mundialda ishtirok eta olmadi. Andrea Pirloning o‘zi esa futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi.













