Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanligi haqida to‘xtaldi.
— Sizlarni asosiy da’vogarlardan biri deb hisoblashmoqda. Kiyinish xonasida bunday kutishlar va bosim bilan qanday kurashyapsiz?
— Sizning «asosiy da’vogarlardan biri» degan iborani qo‘llaganingiz menga ma’qul keldi. Da’vogarlar tarkibi juda kuchli, men so‘nggi jahon chempionatlarining birortasida bunday raqobatni eslay olmayman. Chempion bo‘lish ishtiyoqida bo‘lgan bir nechta top-jamoalar bor. Bu bizga og‘irlik qilmasligi kerak. Bizning tinimsiz mehnatimiz va ajoyib jamoaviy o‘yinimiz bizni shu natijaga olib keldi. Bularning barchasi bizning yondashuvimiz natijasidir, — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.













