Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Ivan Elgera jamoaning muvaffaqiyatsiz mavsumi uchun javobgarlikning bir qismini bosh murabbiy Alvaro Arbeloaga yukladi. 1999 yildan 2007 yilgacha Madrid klubida to‘p surgan Elgera Arbeloaning klubni boshqarish uslubidan noroziligini yashirmadi.
«Boshidanoq talabchan bo‘lgan Xabi Alonsodan tortib, xulq-atvorga va bu jamoani qanday boshqarishga nisbatan talablarning butunlay yo‘qligigacha...», — deya «Real»ning so‘nggi oylardagi yo‘li haqida Elgeraning so‘zlarini keltiradi Flashscore.
«Arbeloa bor-yo‘g‘i 5 oy mavjud bo‘lgan zaxira jamoasini boshqargan, u yerda ishlari unchalik ham yaxshi ketmayotgandi. Va to‘satdan u bunday jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Menimcha, aybdor faqat Arbeloa emas».
«Menimcha, u ilgari hech qachon bunday vaziyatlarga duch kelmagan va, albatta, xatolarga yo‘l qo‘ygan. Jiddiy xatolarga. Ammo uni u yerga qo‘yganlar ham aybdor, shunday emasmi?».
Eslatib o‘tamiz, «Real» Ispaniya chempionatini «Barselona»ni o‘tkazib yuborib, ikkinchi o‘rinda yakunladi.













