Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham: «Odamlarning hozirdanoq 19 iyul haqida o‘ylayotgani menga yoqmayapti»

Desham: «Odamlarning hozirdanoq 19 iyul haqida o‘ylayotgani menga yoqmayapti»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 kutuvlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu juda katta voqea. Odamlar hozirdanoq 19 iyul (JCH finali) haqida o‘ylashmoqda va bu menga unchalik yoqmayapti, hatto umuman yoqmayapti desam ham bo‘ladi. Guruhda bizni uchta raqib kutmoqda.

Ha, bizni eng kuchli jamoalardan biri deb hisoblashadi, ammo yuqori maqsadlar haqida o‘ylashdan oldin muhim bosqichlardan o‘tish kerakligini yaxshi bilaman. Biz ushbu lahzaga tayyor bo‘lish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Boshqa murabbiylar Fransiyaning ikkita teng kuchli tarkibi borligini aytishmoqda... Favoritlar qatorida ekanimizni inkor qilmayman. Lekin boshqalardan ustunmizmi? Xuddi shunday ambisiyaga ega 7-8 ta jamoa bor va faqat bittasi muvaffaqiyatga erishadi. Bu mas’uliyatdan qochish emas — ambisiya juda muhim. Biroq yana bir muhim so‘z bor — kamtarlik.

Qog‘ozda hammasi ajoyib ko‘rinishi mumkin, lekin futbolda salgina bo‘shashsangiz, buning uchun juda qimmat haq to‘laysiz. Raqiblarimiz juda kuchli. Xuddi bizning jamoa kabi. Men Iroq, Senegal va Norvegiyani kamsitmoqchi emasman — bular ham juda kuchli futbol mamlakatlari», — dedi Desham

Kiritildi: 19:21, 29.05.2026.
O'qildi: 115 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик