«Liverpul» markaziy himoyachi Ibraima Konate bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagani sababli, uning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub uning o‘rniga «Bayer»da to‘p tepayotgan Jarell Kuansani qaytarish variantini ko‘rib chiqyapti.
Manbaning xabariga ko‘ra, mersisaydliklarda 23 yoshli futbolchini 80 million yevroga qayta sotib olish huquqi bor, biroq bu imkoniyat faqat 2027 yilning yozida kuchga kiradi. «Qizillar» o‘z tarbiyalanuvchisini 2025 yil yozida sotib yuborishgan edi.
Shuningdek, «Liverpul» «Volfsburg» markaziy himoyachisi Konstantinos Kulyerakis nomzodini ham o‘rganmoqda. «Bo‘rilar» Bundesligadan tushib ketgani sababli 22 yoshli futbolchining transferi yanada realroq bo‘lib qoldi.













