Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Dembele: «Ertaga yana bir tarixiy kunga aylanishi mumkin»

Dembele: «Ertaga yana bir tarixiy kunga aylanishi mumkin»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsum finali doirasidagi Londonning «Arsenal» klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z kutuvlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv ertaga, 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi.

«Biz doim may oyi oxirida Chempionlar ligasi finalida o‘ynashni istaymiz. O‘tgan yili ilk bor turnir g‘olibiga aylandik, bu ajoyib va tarixiy voqea bo‘lgan edi. Avgust oyida hammasi yana yangi varaqdan boshlanadi va biz sovrinlar yutishni xohlaymiz. Jamoamiz yosh va katta ambisiyalarga ega. Ertaga yana bir tarixiy kun bo‘lishi mumkin, biz kuchli raqibga qarshi bahsda diqqatimizni yo‘qotmasligimiz kerak», — dedi Dembele.

Eslatib o‘tamiz, yarim final bosqichida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ni (6:5), «Arsenal» esa Madridning «Atletiko» klubini (2:1) mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi.

Kiritildi: 19:56, 29.05.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик