FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak 2026 yilgi jahon chempionati haqida va’da berdi.
«Bu tarixdagi eng keng ko‘lamli, eng buyuk jahon chempionati bo‘ladi. Bu shunchaki uchta davlat va 16 ta shahar emas, shuningdek, bu faqat millionlab mehmonlar va milliardlab tomoshabinlarni anglatmaydi», — deya FIFA rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi VVS.
Shimoliy Amerikada o‘tadigan jahon birinchiligi boshlanishiga ikki hafta qoldi. Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 11 iyunga belgilangan bo‘lib, unga afsonaviy «Asteka» stadioni mezbonlik qiladi.
Tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati uchta davlatda — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.













