Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nikolas Otamendi "River Pleyt" safiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
38 yoshli futbolchi bilan 2027 yil 31 dekabrga qadar amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Otamendi bunga qadar 2020 yildan buyon "Benfika" sharafini himoya qilib kelgan va jamoa sardori hisoblangan. Markaziy himoyachi «burgutlar» tarkibida jami 281 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













