Rahim Sterling giyohvand modda ta’siri ostida avtomobil boshqarganlikda gumon qilinib, polisiya tomonidan qo‘lga olindi.
Xabar qilinishicha, 31 yoshli angliyalik futbolchi 28 may, payshanba kuni Xempshir hududidagi avtomobil yo‘lida to‘xtatilgan. U o‘z avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda yo‘l to‘sig‘iga borib urilgan.
Futbolchi giyohvand moddalarni iste’mol qilish va saqlashda gumon qilinmoqda. Shuningdek, u tegishli tahlillarni topshirishdan bosh tortgan. Tergov ishlari davom etar ekan, Sterling garov evaziga ozod qilingan.
Sterling joriy yilning fevral oyidan buyon "Feyenoord" safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.













