Nigeriya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jey-Jey Okocha Chempionlar ligasi-2026 finalida «PSJ» «Arsenal»ni mag‘lub etishiga umid bildirmoqda.
«Qalbim to‘liq Parijga tegishli. Ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va g‘alaba qozonishlarini istayman», — deya Okochaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.
Okocha 1998 yildan 2002 yilgacha «PSJ» safida to‘p surgan. U Parij klubi safida barcha turnirlarda 113 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













