"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis UYEFA Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan Londonning "Arsenal" klubiga qarshi bahsda "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovga muxlislik qilishini bildirdi.
"Safonovga muxlislik qilamiz! U Rossiya vakili. U gol o‘tkazib yubormasdan g‘alaba qozonsin. U uchun qayg‘uramiz va unga omad tilaymiz!", — deya futbol ekspertining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Chempionat".
"PSJ" va "Arsenal" o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 30 may kuni Budapeshtdagi stadionda bo‘lib o‘tadi.













