«Atalanta» himoyachisi Marko Palestra Italiya A Seriyasidan Angliya premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda. «Shaharliklar» rahbariyati bergamoliklar bilan ehtimoliy bitim bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Italiya tomoni 21 yoshli o‘yinchini sotish orqali 70 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olmoqchi.
O‘tgan mavsumda Palestra «Kalyari»da ijara asosida to‘p surdi. Himoyachi 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ekspertlari uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













