Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Grimaldo: «Bizda Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir jamoa bor»

Grimaldo: «Bizda Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir jamoa bor»

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi, Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan Alexandro Grimaldo bo‘lajak turnir haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U musobaqa favoritlaridan biri sifatidagi maqomga xotirjam qarashini ta’kidladi.

«Men bunga alohida e’tibor qaratmayman. Xuddi Yevropa chempionatida bo‘lgani kabi. Agar bizni shunday atashni istashsa — marhamat. Bu bizga bosim o‘tkazmaydi va bizni bo‘shashtirib ham qo‘ymaydi. Bizda Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir jamoa borligini bilamiz. Bu fakt. Biz amaldagi Yevropa chempionlarimiz va ulkan iste’dodga egamiz. Biz g‘alaba qozonishni istaymiz va maqsadimiz faqat shu», — deya Grimaldoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Musobaqaning guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Urugvay va Kabo-Verde bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 16:58, 30.05.2026.
O'qildi: 327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик