The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Liverpul» Arne Slot iste’foga chiqarilganidan so‘ng, bosh murabbiylik lavozimi uchun «Bornmut»ning sobiq ustozi Andoni Iraolani asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Manbaning qayd etishicha, mersisaydliklar nomzodlar ro‘yxatiga «Shtutgart» bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness va «Lans»ni boshqarayotgan fransuz mutaxassisi Pyer Sajni ham kiritgan.
2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Sebastyan Xyoness qo‘l ostidagi «Shtutgart» 62 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Pyer Sajning «Lans» jamoasi esa 70 ochko bilan mamlakat chempionatida ikkinchi pog‘onani band etib, Chempionlar ligasiga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» shanba kuni, 30 mayda Arne Slot iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoani 2024 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi.













