«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Djerrard Arne Slotning ingliz klubi bosh murabbiyligidan bo‘shatilgani borasida o‘z fikrlarini aytdi. Avvalroq, ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida Andoni Iraola ko‘rilayotgani haqida xabar berilgan edi.
«Men hayron emasman. Arne Slot uchun achinaman, chunki u o‘zining birinchi mavsumida aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirgandi. Buyuk Yurgen Kloppdan keyin jamoani qabul qilib olish oson vazifa emas edi va u juda mas’uliyatli o‘rinni egallashi kerak edi. O‘ylashimcha, u buning uddasidan a’lo darajada chiqdi. Premyer-ligada g‘olib chiqish juda qiyin va buni men hammadan ko‘ra yaxshiroq bilaman».
Iraola «Liverpul»ga mos kelishi haqida
«Menimcha, potensial jihatdan — ha. U «Bornmut»da ajoyib ishni amalga oshirdi va uning uslubi «Liverpul»ga mos kelgan bo‘lardi, lekin keling, voqealardan ilgarilab ketmaylik. «Liverpul»dagi ish — butun dunyodagi ko‘plab elita maqomidagi murabbiylar uchun jozibador, shuning uchun u yagona nomzod bo‘ladi deb o‘ylamayman. Biroq uning «Bornmut»dagi ishi va ushbu klubdan «Liverpul»ga kelgan yigitlar tufayli ular bir-birini yaxshi bilishadi.
«Liverpul»dagi bu lavozimni egallashni istaydigan boshqa nomzodlar ham borligiga ishonchim komil. Bu jahon futboli miqyosidagi juda muhim ish, lekin savolingizga javob beradigan bo‘lsam, ha, Iraolani ko‘rib chiqish kerak», — dedi Djerrard.













