Paulo Dibala maoshining sezilarli darajada qisqartirilishiga rozi bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, hujumchi «Roma»ning taklifini qabul qilgan va klub bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi. Shundan so‘ng futbolchi katta ehtimol bilan Argentinaga qaytishni rejalashtirmoqda.
32 yoshli futbolchi avvalgidek yiliga 8 million yevro emas, balki 2,5 million yevro va o‘tkazilgan o‘yinlar soniga qarab to‘lanadigan bonuslar evaziga o‘ynashga rozi bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, Dibalaning turmush o‘rtog‘i uni Argentinaga qaytishga ko‘ndirgan, shuningdek, futbolchiga Turkiyadan ham takliflar bo‘lgan. Biroq Paulo Rimda qolishni istadi, ayniqsa, «Roma»ning Chempionlar ligasiga qaytgani unga turtki bergan. Shuningdek, rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini yulduz futbolchi bilan shartnomani uzaytirish kerakligini qat’iy talab qilgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.













