«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Turnir finalida Fransiya Ligi 1 grandi 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag‘lub etdi.
«Bu juda og‘ir bo‘ldi. G‘alaba qozonganimizdan juda ham baxtliman. Markinyos bilan to‘qnashib ketganimdan so‘ng boshim biroz og‘riyapti. Penalti — bu katta o‘yin ichidagi kichkina o‘yin degani. Men tayyor edim, katta tajribam bor edi. Men seyvlar amalga oshirmadim, lekin «Arsenal» menga yordam berdi. O‘zimni qahramondek his qilyapmanmi? Yo‘q. Mening atrofimda ajoyib sheriklar bor», — dedi Safonov Okko telekanaliga.
Matvey Safonov «PSJ» bilan allaqachon sakkizta sovrinni qo‘lga kiritdi, xususan, ikki bor Chempionlar ligasi kubogiga ega chiqdi.













