Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Dzanetti: «Dimarko — o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshilardan biri»

Dzanetti: «Dimarko — o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshilardan biri»

Baho:
+ | -

«Inter» vise-prezidenti Xavyer Dzanetti milanliklar himoyachisi Federiko Dimarkoning o‘yini haqida yuqori fikr bildirdi.

«Menimcha, u hozirgi kunda o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Uning uzatmalaridan tashqari, u gollar ham urmoqda, chap oyog‘i esa haqiqiy sifat belgisidir. Bu mavsum davomida u juda barqaror o‘yin ko‘rsatdi», — dedi Dzanetti Fabrisio Romanoga bergan intervyusida.

Vise-prezident Dimarkoning klubga bo‘lgan mehrini alohida qayd etdi: «Federikoni "Inter" libosidagi bolakay, bizning yoshlar tizimimizdan chiqqan va DNKsida aynan shu klub muhrlangan o‘yinchi sifatida ko‘rish — bu katta baxt. Uning baxtiyorligiga qarab, haqiqiy "interista"ni ko‘rasiz».

Ma’lumot uchun, Federiko Dimarko 2025/26 yilgi mavsumda «Inter» safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:05, 31.05.2026.
O'qildi: 284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик