Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres Vinisius Juniorning kelajagi haqida fikr bildirdi

Florentino Peres Vinisius Juniorning kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolash borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani va tomonlar hali yangi kelishuvga erishmagani futbol jamoatchiligida turli savollarni keltirib chiqarmoqda. Biroq Peres bu borada shoshmaslik kerakligini ta’kidladi.

«Vinisiusning shartnoma muddati tugashiga hali vaqt bor. Shaxsan men uning klubda abadiy qolishini istayman. U «Real»ga so‘nggi ikkita Chempionlar Ligasi kubogini taqdim etdi va jamoamiz tizimiga juda yaxshi moslashgan. Uni yoqtirmaydiganlar — faqat «Real» muxlisi bo‘lmagan odamlardir», — dedi Peres.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior «Real» safiga 2018 yilda «Flamengo»dan 45 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik vinger madridliklar tarkibida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:51, 31.05.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик