Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

UFC jangchisi: «Slotni «Liverpul»dan oldinroq haydash kerak edi»

UFC jangchisi: «Slotni «Liverpul»dan oldinroq haydash kerak edi»

Baho:
+ | -

UFC yulduzi va «Liverpul»ning ashaddiy muxlisi Peddi Pimblett mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slotning iste’fosiga munosabat bildirdi va «PSJ» bilan YECHLda g‘olib chiqqan Luis Enrikeni jamoaga taklif qildi.

Pimblett CBS Sport efirida Slotning ishini keskin tanqid ostiga oldi:

«Bu ancha oldin sodir bo‘lishi kerak edi. Menimcha, o‘z uyimizda «PSV»ga 1:4 hisobida yutqazganimizdan keyin uni darhol bo‘shatish kerak edi. «Liverpul» kabi klub o‘z maydonida Niderlandiya jamoasiga bunday hisobda yutqazishi mumkin emas. Bu shunchaki qabul qilib bo‘lmas holat. Biz ancha katta klubmiz. Hechdan ko‘ra kech bo‘lsa-da, qaror qabul qilindi, lekin to‘g‘risini aytsam, allaqachon kech bo‘lib bo‘lgan».

Jeymi Karragerning «Kimni murabbiy sifatida ko‘rishni istaysan?» degan savoliga jangchi quyidagicha javob berdi:

«Men Luis Enrike bugun (ECHL finalida) g‘alaba qozonishini va keyin «PSJ»dan ketishini istardim. Chunki u ikki marta trebl qayd etdi. U: «Menga yangi chorlov kerak», deb aytishi lozim. Sababi, hozirgi «Liverpul» — eng katta chorlovdir».

Kiritildi: 16:18, 31.05.2026.
O'qildi: 188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик