Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Shevalye o‘rniga «Portu»dan Koshtani sotib olishi mumkin

«PSJ» Shevalye o‘rniga «Portu»dan Koshtani sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye keyingi mavsumda zaxira o‘rindig‘ida qolishni istamayapti. Shu sababli u yaqin kunlarda klub rahbariyati bilan o‘z kelajagini muhokama qiladi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Shevalyening «PSJ»dan ketishi moliyaviy sabablarga ko‘ra oson kechmasligi mumkin. Shu bilan birga, Fransiya grandi «Portu» va Portugaliya terma jamoasi posboni Diogu Koshtaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Koshtaning portugal klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Lyuka Shevalye 2025 yilning yozida 40 million yevro evaziga «Lill»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Biroq mavsum davomida u asosiy tarkib uchun raqobatda Matvey Safonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:21, 31.05.2026.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик