Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Barselona» APLning 100 mln yevroga baholangan hujumchisini kuzatmoqda

«Barselona» APLning 100 mln yevroga baholangan hujumchisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi «Barselona»ning transfer maqsadiga aylanishi mumkin. Markaziy hujumchi chizig‘ini kuchaytirish payida bo‘lgan Kataloniya grandi 19 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Fransiyalik iqtidorga ingliz grandlari tomonidan ham qiziqish borligi aytilmoqda. «Bornmut» o‘z yulduzi bilan xayrlashishni istamayapti, shu sababli uning uchun taxminan 100 mln yevro talab qilishi mumkin. Transfermarkt portali ekspertlari Krupining bozor qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda.

Yakunlangan mavsumda hujumchi Premyer-ligada «Bornmut» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq futbolchining o‘zi ham «Barselona»da o‘ynashni orzu qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 04:45, 01.06.2026.
O'qildi: 2488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик