Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Panamani 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar tarkibida Vinisius Junior (2-daqiqa), Kazemiro (39), Rayan (53), Lukas Paketa (60), Igor Tiago (63, penalti) va Danilu (81) gol muallifiga aylanishdi. Braziliyalik hujumchi Mateus Kunya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa (14), Panamaning ikkinchi golini 84-daqiqada Karlos Xarvi kiritdi.
JCH-2026 guruh bosqichida Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan, Panama esa Angliya, Xorvatiya va Gana bilan kuch sinashadi.













