Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi jarohat tufayli Argentina terma jamoasining o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Messi jarohat tufayli Argentina terma jamoasining o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Lionel Messi Argentina terma jamoasining Gondurasga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. 38 yoshli futbolchi hamon noqulaylik his qilmoqda, shu sababli bo‘lajak bahsni o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda jurnalist Gaston Edul.

Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, yulduz hujumchining JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Jazoirga qarshi uchrashuvdagi ishtirokiga hech qanday xavf yo‘q.

«Albiseleste»ning Gonduras bilan o‘yini 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uch kundan keyin Lionel Skaloni shogirdlari ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Islandiyaga qarshi o‘tkazishadi. Amaldagi jahon chempionlari mundialdagi ishtiroklarini 17-iyun kuni boshlashadi.

Kiritildi: 05:39, 01.06.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик