Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gilyermo Ochoa faoliyatidagi oltinchi mundialga yo‘l olmoqda: Meksikaning JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasi ma’lum

Gilyermo Ochoa faoliyatidagi oltinchi mundialga yo‘l olmoqda: Meksikaning JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasi ma’lum

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre bo‘lajak jahon birinchiligida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat rasmiy qaydnomani taqdim etdi.

Meksika futbol federasiyasi tomonidan e’lon qilingan maxsus videorolikda jamoa tarkibi oshkor qilindi. Unga ko‘ra, terma jamoaning afsonaviy posboni Gilyermo Ochoa o‘z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida qatnashish uchun ro‘yxatga kiritildi. Agirre taqdim etgan tarkibdan bundan to‘rt yil avval Qatarda o‘tgan mundial ishtirokchilaridan 12 nafari joy olgan. Shuningdek, jarohatidan sog‘aygan va terma jamoaga qaytgan bir qator futbolchilar ham yakuniy ro‘yxatdan o‘rin olishgan.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak mundial mezbonlaridan biri hisoblangan Meksika terma jamoasi o‘zining ilk uchrashuvini 11 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, vakillarimiz guruh bosqichi doirasida 18 iyunda Janubiy Koreya, 24 iyun kuni esa Chexiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.


Meksika terma jamoasining JCH-2026 uchun to‘liq tarkibi:

  • Darvozabonlar: Raul Rangel («Gvadalaxara»), Karlos Asevedo («Santos Laguna»), Gilyermo Ochoa («AEL Limasol»).

  • Himoyachilar: Xesus Galyardo («Toluka»), Sesar Montes («Lokomotiv Moskva»), Yoxan Vaskes («Djenoa»), Xorxe Sanches («PAOK»), Israel Reyes («Klub Amerika»), Mateo Chaves («AZ Alkmaar»).

  • Yarim himoyachilar: Erik Lira («Krus Asul»), Edson Alvares («Vest Hem Yunayted»), Luis Romo («Gvadalaxara»), Obed Vargas («Atletiko Madrid»), Luis Chaves («Dinamo Moskva»), Orbelin Pineda («AYEK Afina»), Alvaro Fidalgo («Real Betis»), Brayan Gutyerres («Gvadalaxara»), Xilberto Mora («Tixuana»).

  • Hujumchilar: Raul Ximenes («Fulhem»), Santyago Ximenes («Milan»), Xulian Kinyones («Al-Qadsiya»), Aleksis Vega («Toluka»), Sesar Uerta («Anderlext»), Roberto Alvarado («Gvadalaxara»), Gilyermo Martines («Pumas UNAM»), Armando Gonsales («Gvadalaxara»).

Kiritildi: 12:54, 01.06.2026.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик