Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026ga tayyorgarlik: Braziliya Panama darvozasiga 6 ta gol urdi (Videosharh)

JCH-2026ga tayyorgarlik: Braziliya Panama darvozasiga 6 ta gol urdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Braziliya milliy terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik doirasida Rio-de-Janeyro shahrida Panama vakillarini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «pentakampeonlar» hujumkor o‘yin namoyish etib, raqiblarini 6:2 hisobida taslim etdi. E’tiborlisi, braziliyaliklar ustozi tanaffus paytida tarkibda bir yo‘la 10 ta o‘zgarishni amalga oshirganiga qaramay, jamoa ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga yana 4 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi: hali ikkinchi daqiqa davom etayotgan bir paytda Vinisius Junior jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Panamaliklar 14-daqiqada Amir Murilyo tomonidan tepilgan jarima zarbasining Mateus Kunyaga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirgani evaziga muvozanatni tiklashdi. Shunga qaramay, birinchi bo‘lim tugashi arafasida Kazemiro Vinisiusning uzatmasini bosh bilan darvozaga yo‘llab, mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda «selesao» ustunlikni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. Dastlab «Bornmut» klubi hujumchisi Rayan oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Lukas Paketa to‘rtinchi golni urdi. Shundan so‘ng, «Brentford» vakili Igor Tyago raqib posboni Orlando Moskera tomonidan yiqitilgani uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ko‘p o‘tmay Danilo Paketaning uzatmasidan unumli foydalanib, oltinchi golga mualliflik qildi. Uchrashuv yakunida Karlos Xarvi Panamaning ikkinchi golini urib, hisobni biroz yumshatdi.

Mazkur bahsda jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tayotgan terma jamoa yetakchisi Neymar maydonga tushmadi va qaydnomaga ham kiritilmadi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi mundial oldidagi so‘nggi sinov-nazorat uchrashuvini Klivlendda Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa jahon chempionatidagi ishtirokini esa 13 iyun kuni Marokashga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Kiritildi: 13:02, 01.06.2026.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик