Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lineker Chempionlar ligasi finali haqida: «Futbol g‘alaba qozondi»

Lineker Chempionlar ligasi finali haqida: «Futbol g‘alaba qozondi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Londonning «Arsenal» klubi penaltilar seriyasida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga imkoniyatni boy berdi (3:4), asosiy va qo‘shimcha vaqt esa durang (1:1) bilan yakunlangan edi.

«Mutlaqo betaraf kuzatuvchi sifatida aytishim mumkinki, bu hujumkor futbolning himoyaviy futbol ustidan qozongan g‘alabasi bo‘ldi. Turnirda yana eng kuchli jamoa g‘olib chiqdi, deb bemalol ayta olaman. O‘yinga shaxsiy manfaatdorligi yo‘q muxlis sifatida qaraganda, «Arsenal» aynan shunday uslubda o‘ynashga majbur bo‘lgan deb o‘ylayman, aks holda ular «PSJ»ni mag‘lub eta olmasdi. Ammo, shu bilan birga, futbol g‘alaba qozondi deb hisoblayman», – dedi Lineker «Rest is Football» podkastida.

«Men turli xil o‘yin uslublari mavjudligini bilaman va himoyaviy o‘ynashda yomon narsa yo‘q. Ammo futbol – bu ko‘ngilochar tomosha. Odamlar hujumkor, kreativ futbol o‘ynaydigan va chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarni ko‘rishni xohlashadi. O‘ylashimcha, bu mavsumda shunday uchta jamoa – «PSJ», «Bavariya» va «Barselona» edi», – deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Ma’lumot uchun, «PSJ» o‘z tarixida ikkinchi marta va ikkinchi mavsum qatorasiga musobaqa g‘olibiga aylandi. «Arsenal» esa birinchi finalidan 20 yil o‘tib, ikkinchi bor Chempionlar ligasi hal qiluvchi bahsida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 16:24, 01.06.2026.
O'qildi: 340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик