AS nashri sahifalarida «Real» bilan bog‘lanayotgan futbolchilar haqida maqola chop etildi. Unda Rodri, Bernardu Silva, Yoshko Gvardiol, Enso Fernandes, Vitinya va Joau Nevesh kabi o‘yinchilar tilga olingan.
Maqolada qayd etilishicha, Enso Fernandes «Chelsi»dan «Real»ga o‘tishi amalga oshishi uchun astoydil harakat qilmoqda. Mish-mishlar allaqachon Ensoni «Real» bilan bog‘lab bo‘lgan. Bu transfer ancha qimmatga tushishi aniq — Transfermarkt portali futbolchini 90 million yevroga baholamoqda, qolaversa, argentinalik o‘yinchining shartnomasi 2032 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda Enso Fernandes 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













