Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

Rodri «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri uzoq vaqtdan beri «Real» bilan bog‘lab kelinadi. Ispaniya terma jamoasi yig‘inida bo‘lgan futbolchi ushbu mish-mishlar haqidagi savolga javob berdi.

«Qandaydir mish-mishlar bo‘lishi tabiiy hol. Hozir men Jahon chempionatiga e’tiborimni qaratganman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Rodri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi. Qizig‘i shundaki, o‘shanda «Real» mazkur mukofotga o‘z futbolchisi loyiq deb hisoblagani uchun taqdirlash marosimini boykot qilgandi. Nufuzli Transfermarkt portali 29 yoshli Rodrini 65 million yevroga baholamoqda. Yarim himoyachining «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:01, 01.06.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик