«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Barselona» va «PSJ» bilan bog‘lanayotgan hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirdi.
«Xulian Alvares — «Atletiko Madrid» futbolchisi va u nafaqat bu mavsumda, balki yana ko‘plab mavsumlar davomida jamoamiz safida qoladi.
Biz doimo jamoamizga eng yaxshi o‘yinchilarni jalb qilish ustida ishlayapmiz. La Liga start oladigan avgust oyigacha yangi o‘yinchilarni izlash, ko‘zdan kechirish va jamoaga olib kelish uchun hali vaqtimiz ko‘p.
Biz juda yaxshi mavsumni o‘tkazdik va endi navbatdagisiga tayyorgarlik ko‘rishimiz mumkin. Transfer vaziyati rivojlanishiga qarab, bu haqda e’lon qilib boramiz», — dedi Sereso.













