Xorvatiya futbol ittifoqi rasmiy saytida 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaning qaydnomasini e’lon qildi. Musobaqa kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Darvozabonlar: Dominik Livakovich («Dinamo» Zagreb), Dominik Kotarski («Kopengagen»), Ivor Pandur («Xall Siti»).
Himoyachilar: Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Duye Chaleta-Sar («Real Sosyedad»), Yosip Shutalo («Ayaks»), Yosip Stanishich («Bavariya»), Marin Pongrachich («Fiorentina»), Kristian Yakich («Augsburg»), Martin Erlich («Midtyullann»), Luka Vushkovich («Tottenhem Xotspur»).
Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Milan»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Mario Pashalich («Atalanta»), Nikola Vlashich («Torino»), Luka Suchich («Real Sosyedad»), Martin Baturina («Komo»), Petar Suchich («Inter»), Nikola Moro («Bolonya»), Toni Fruk («Riyeka»).
Hujumchilar: Ivan Perishich («PSV»), Andrey Kramarich («Hoffenhaym»), Ante Budimir («Osasuna»), Marko Pashalich («Orlando Siti»), Petar Musa («Dallas»), Igor Matanovich («Frayburg»).
Xorvatiya milliy terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichida L guruhida ishtirok etadi. Jamoaning raqiblari Angliya, Panama va Gana terma jamoalari bo‘ladi.













