«Arsenal» Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi.
1:1 hisobidagi durangdan so‘ng o‘yin penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi va unda parijliklarning qo‘li baland keldi. «Kanonirlar» safida Eberechi Eze va Gabriel dos Santos penaltilarni golga aylantira olishmadi — ularning zarbalari noaniq ketdi. Gabriel to‘pni darvoza to‘sinidan yuqoriga tepib yuborganidan so‘ng, «PSJ» g‘alabani rasmiylashtirdi.
Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu xatodan so‘ng Gabriel futbolkalarining sotuvi 350 foizga o‘sdi. Bu haqda The Athletic nashri ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» bu mavsum 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo‘lishga erishgan edi.













