«Real» darvozaboni Tibo Kurtua professional faoliyatini boshlagan «Genk» klubining minoritar aksiyadoriga aylandi. Belgiyalik futbolchi klubga o‘zi hammuassisi hisoblangan NXTPLAY investisiya platformasi orqali mablag‘ kiritdi.
Ta’kidlanishicha, Kurtuaning platformasi bilan hamkorlik «Genk»ka qo‘shimcha ravishda 60 million yevrogacha daromad keltirishi mumkin. Kelishuv doirasida NXTPLAY klub direktorlar kengashida o‘z vakiliga ega bo‘ladi.
«Men butun hayotim davomida mukammallikka intilganman. «Genk»da men o‘sha ishtiyoq va o‘sha ambisiyalarni his qilaman. Ushbu investisiyalar tufayli men o‘zimni uyga qaytgandek his qildim. Men klubga o‘sishga va sport borasidagi ambisiyalarini mustahkamlashga yordam bermoqchiman. Limburgdan Yevropa cho‘qqilarigacha», — dedi Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kurtua Ispaniya 3-ligasiga chiqqan «Estremadura 1924», shuningdek, keyingi mavsumda Liga 1da o‘ynaydigan «Le-Man» klublariga ham investisiya kiritgan edi.













