Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan Kolumbiya Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kolumbiyaliklarda Davinson Sanches, Luis Dias va Luis Suares bittadan gol kiritdi. Andrey Soto Kosta-Rikaning yagona javob to‘pi muallifi bo‘ldi.
Kolumbiya 8-iyun kuni Iordaniyaga qarshi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
02.06.2026, 04:00. «El Kampin» (Bogota)
Kolumbiya - Kosta-Rika - 3:1
Gollar: 17' 1:0 - D. Sanches (L. Dias), 23' 2:0 - L. Dias (X. Karraskal), 33' 2:1 - A. Soto (J. Alkoser), 81' 3:1 - L. Suares (X. Rodriges).













