Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri o‘z klubi haqida Jahon chempionatidan so‘ng qaror qabul qiladi

Rodri o‘z klubi haqida Jahon chempionatidan so‘ng qaror qabul qiladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri o‘z kelajagi borasidagi qarorni 2026 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar kechiktirdi. Bu haqda futbolchi Ispaniya terma jamoasi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Madridning «Real» klubi unga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlar fonida 29 yoshli futbolchi hozir bor e’tiborini terma jamoadagi o‘yinlarga qaratganini aytdi. Rodrining ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.

«Biz bu yerga Jahon chempionati haqida gaplashish uchun keldik. Kelajagimga daxldor barcha narsa turnir yakunigacha kutib turadi», — dedi yarim himoyachi.

Avvalroq Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Rodrini klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida tilga olgan edi. Futbolchining o‘zi ham bahorda vataniga qaytish ehtimolini inkor etmagandi.

«Ha, men Ispaniyaga qaytishni xohlardim. La Liga — men faoliyatimni boshlagan joy», — degan edi o‘shanda Rodri.

Rodri 2019 yildan beri «Manchester Siti» safida to‘p suradi. Bu vaqt ichida u to‘rt marta Angliya chempionatida g‘olib chiqdi, Chempionlar ligasi va «Oltin to‘p» sohibiga aylandi.

Kiritildi: 16:17, 02.06.2026.
O'qildi: 336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик