Insayder Fabrisio Romano Lissabonning «Benfika» klubi va murabbiy Marku Silva o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
Manbaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, Silvaning shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana 2029 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Avvalroq «Fulxem» klubi portugaliyalik mutaxassisning ketishini rasman e’lon qilgan edi. U 10 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z yurtiga qaytmoqda. Silva murabbiylik faoliyati davomida «Xall Siti» (2017), «Uotford» (2017-2018), «Everton» (2018-2019) va «Fulxem» (2021-2026) jamoalarini boshqargan.
APLning yakunlangan mavsumida «Fulxem» Silva boshchiligida 11-o‘rinni egalladi, jamoa yevrokubok zonasidan atigi bir ochko ortda qoldi.













