Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mastantuono va Echeverri Argentinaga qaytishi mumkin

Mastantuono va Echeverri Argentinaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Franko Mastantuono «River Pleyt»ga qaytishi mumkin.

«ESPN» jurnalisti Xuan Patrisio Balbining xabar berishicha, Argentina klubi ham «Real» yarim himoyachisini, ham «Manchester Siti»ga tegishli bo‘lgan xavbek Klaudio Echeverrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ispaniya va Angliya jamoalari bilan dastlabki muloqotlar allaqachon bo‘lib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, Echeverrining transferi futbolchining maqomi va uning qaytish istagi yaqqolroq ekanligi sababli realroq ko‘rinmoqda.

Mastantuono bu mavsumda «Real» safida La Ligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Echeverri esa yarim yildan «Bayer» va «Jirona»da to‘p surdi: Bundesligada — 6 ta o‘yin (samarali harakatsiz), Ispaniya chempionatida esa — 17 ta o‘yin va bitta gol.

Kiritildi: 08:57, 03.06.2026.
O'qildi: 461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик