«Monako» Filipe Luisda tegishli lisenziya yo‘qligi sababli jarima to‘lashi mumkin.
Avvalroq 40 yoshli mutaxassis ikki yillik shartnoma imzolab, Liga 1 vakilini boshqarishi ma’lum bo‘lgan edi.
Braziliyalik murabbiyni tayinlashga «Bayer» ham qiziqish bildirgan, biroq nemis klubida Filipening Yevropa mamlakatlarida ishlashga ruxsat beruvchi murabbiylik lisenziyasi yo‘qligi sababli muammo kelib chiqqan. Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, uning lisenziyasi faqat Janubiy Amerika futbol konfederasiyasiga (KONMEBOL) a’zo davlatlarga amal qiladi.
Leverkuzen klubi bu masalani UYEFA bilan muhokamalar davomida hal qilishga uringan, ammo bu ko‘p vaqt talab qilardi, murabbiy esa kutishni istamagan.
«Monako» esa o‘z navbatida, Filipe Luis boshqaruvidagi har bir o‘yin uchun 25 ming yevrogacha jarima to‘lashga tayyor. Ta’kidlanishicha, agar KONMEBOL lisenziyasi egasi bosh murabbiy sifatida 3 yil ishlagan bo‘lsa, lisenziya avtomat ravishda UYEFA lisenziyasi bilan teng maqomga ega bo‘ladi. Filipe Luis esa «Flamengo»ni taxminan 1,5 yil boshqargan.













