Milanning «Inter» va Turinning «Yuventus» klublari yozgi transfer oynasida himoyachilar bilan almashishi ehtimoli yuqori. Jurnalist Janluidji Longarining xabar berishicha, yaqinda klublar o‘rtasida Andrea Kambyaso borasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan – «neradzurri» turinliklarning 26 yoshli futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
«Byankoneri» esa o‘z navbatida, himoyaning chap qanotida o‘ynaydigan Karlos Augustoni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nufuzli «Transfermarkt» portali Andrea Kambyasoni 20 million yevroga baholamoqda, Karlos Augustoning narxi esa o‘sha saytda 23 million yevroni tashkil etadi. Braziliyalik futbolchi italiyalik hamkasbidan bir yosh katta.













