Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres Vlaxovichga «Real» bilan shartnoma imzolashni taklif qildi

Peres Vlaxovichga «Real» bilan shartnoma imzolashni taklif qildi

Baho:
+ | -

Hujumchi Dushan Vlaxovich shu yozda «Yuventus»ni tark etadi. talkSPORT ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik futbolchi Turin klubi bilan shartnomani uzaytmaslikka qaror qilgan — u 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.

Madridning «Real» klubi hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Klub prezidenti Florentino Peres futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qildi. Peres Vlaxovichni tekinga (erkin agent sifatida) transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dushan Vlaxovich 2022 yilda 85 million yevro evaziga «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vlaxovichning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:22, 03.06.2026.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик