Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa o‘z xizmatlarini nemis klubiga taklif qildi

Arbeloa o‘z xizmatlarini nemis klubiga taklif qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq murabbiyi Alvaro Arbeloa faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yangi bosh murabbiy izlayotgan «Bayer» klubiga o‘z xizmatlarini taklif qilgan.

Leverkuzenliklar Arbeloaning murabbiylik faoliyatini ko‘p yillardan buyon kuzatib kelishadi, biroq hozircha unga ish taklif qilmoqchi emas. «Dorishunoslar» Arbeloani «Bayer»dek klubni boshqarish uchun yetarlicha tajribaga ega deb hisoblashmaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 2025/26 yilgi mavsumni Alvaro Arbeloa boshqaruvida yakunladi. U «qirollik klubi»ni joriy yilning yanvaridan boshlab boshqargan va jamoa Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. «Bayer» esa Bundesligada mavsumni oltinchi pog‘onada yakunladi.

Kiritildi: 22:16, 03.06.2026.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик