Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano Vlaxovichning «Yuventus»dan ketishini tasdiqladi

Romano Vlaxovichning «Yuventus»dan ketishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Dushan Vlaxovichning Turinning «Yuventus» klubini tark etayotganini va buning moliyaviy sabablarini tasdiqladi.

«Men Dushanning qolishini istardim, ammo u yuqoriroq maosh talab qilmoqda. Hozirgi maosh darajasi bilan u Italiyada qolmaydi», — deya «Yuventus» direktori Jorjo Kyellinining so‘zlarini keltiradi Romano.

Vlaxovich 26 yoshda, uning «Yuve» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida, ya’ni bir oydan kamroq vaqt ichida yakuniga yetadi. Serbiyalik futbolchi turinliklar safida 2022 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Belgradning OFK va «Partizan» klublari tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dushan Italiyaga 2018 yilda, «Fiorentina»ga o‘tganida kelgan. «Yuventus» to‘rt yarim yil avval ushbu hujumchi uchun 85 million yevro to‘lagan edi.

Kiritildi: 01:20, 04.06.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик