Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xavers Germaniya terma jamoasidagi darvozabonlar borasidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. 40 yoshli Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasiga qaytdi – u jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritildi. «Bavariya» sardori deyarli ikki yil davomida xalqaro miqyosda maydonga tushmagan edi.
«Manu — men faoliyatim davomida ko‘rgan eng yaxshi darvozabon. Uning saviyasi haqida ortiqcha gapirishdan ma’no yo‘q. Oli Baumann ham yaxshi — u «Xoffenxaym»da ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Bizda shunday ajoyib darvozabonlar borligidan xursandmiz. Qarorni esa murabbiy qabul qiladi», — deya Xaversning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Germaniya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













